AsosiyJamiyat

Buxoroda 13 kg yaqin pirotexnika savdosiga chek qo`yiildi

'Buxoroda 13 kg yaqin pirotexnika savdosiga chek qo`yiildi'ning rasmi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida pirotexnika vositalari savdosi bilan shug`ullanib kelayotgan bir necha fuqarolar faoliyatini fosh etishdi.

G`ijduvon tumani Dehqon bozori hududida fuqaro H.M. to`xtatilib, uning qo`l yuklari ko`zdan kechirildi. Natijada, u o`zi bilan yashirincha sotish maqsadida, 8515 dona, og`irligi esa 12,6 kg teng pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi o`z tasdig`ini topdi.

Yana bir holatda, ayni shu hududda harakatlanib ketayotgan fuqaro R.U. to`xtatilib, uning ham qo`l yuklari ko`zdan kechirilganda, jami 10000 dona "Treniya" yozuvli, vazni 10 kg pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Ayni damda, mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan bo`lib, holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar