AsosiyJamiyat

Aholining elektr energiyasi uchun to`lagan pullarini o`zlashtirgan shaxslar ushlandi

'Aholining elektr energiyasi uchun to`lagan pullarini o`zlashtirgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Jizzax viloyati Forish tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi X.T., Xalq banki tuman filiali xodimi Sh. X. hamda «Ipotekabank» Jizzax filiali xodimi R.R. o`zaro til biriktirib amalga oshirgan qing`ir ish fosh etildi, deya xabar qildi O`zA.

Mazkur ish Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tumani bo`limi tomonidan aniqlandi.

O`zaro kelishgan elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlari fuqarolardan iste`mol qilingan elektr energiyasi uchun to`lovlarni naqd pul shaklda qabul qilib, abonent raqamlariga o`tkazmasdan elektron kassa xotirasiga soxta raqamlar kiritishgan. Tergovgacha surishtiruv davomida ular shu yo`l bilan 2016−2018 yillar davomida jami 143 million 567 ming 800 so`m miqdoridagi naqd pullarini o`z ehtiyojlari uchun o`zlashtirgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan uch tashkilotning uchala mas`ul xodimlariga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar