AsosiyJamiyat

Gerbli guvohnomalarni to`ldirish qoidalari tasdiqlandi

'Gerbli guvohnomalarni to`ldirish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Adliya vazirligida "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni to`ldirish qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyruq" davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi "Huquqiy axborot"» kanali orqali xabar berildi.

Ushbu hujjat bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni to`ldirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan alifboda to`ldiriladi.

Gerbli guvohnomalarning ustunlariga kiritiladigan yozuvlar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining tegishli ustunlaridagi yozuvlar bilan bir xil bo`lishi lozim.

Guvohnoma to`ldirilgandan so`ng FHDYo organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.

To`ldirilgan gerbli guvohnomalarga tuzatishlar kiritishga yo`l quyilmaydi.

Yo`qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o`rniga takroriy berilgan guvohnomaning yuqori o`ng burchagida "Takroriy" deb belgi qo`yiladi. Belgi qo`lda, kompyuter yordamida yoki shtamp bosish orqali qo`yilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o`zgartirish, tuzatish yoki to`ldirish kiritilganda, tegishli o`zgartirish, tuzatish yoki to`ldirishlar aks ettirilgan boshqa gerbli guvohnoma beriladi.

Mazkur buyruq 2019 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar