O`zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo`limi bergan ma`lumotga ko`ra 2018-yilning 16-dekabr kuni Moskva viloyatining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo`lib, uning oqibatida Shestovo qishlog`ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan.
Ular orasida ikki nafar O`zbekiston fuqarolari ham bor:
1. Qayumov Irisbek Oloverdievich, 1990-yil 14-martda Andijon viloyatida tug`ilgan;
2. Jabborov Sherzod Ne`matjonovich, 1975-yil 13-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug`ilgan.
Hozirda O`zbekiston Elchixonasi Rossiyaning tegishli hokimiyat idoralari bilan amaliy aloqalarni ushlab turibdi.






