Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hududida mamlakatimiz davlat bayrog`i ulkan ko`rinishda qad rostladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Bayroqning balandligi tutqichi va ustuni bilan birgalikda 62,5 metr, og`irligi20 tonna. O`rnatish ishlariga jami 1,5 milliard so`m mablag` ajratildi.
Davlatimiz ramzi o`rnatilgan hududda ayni paytda “Qurilish invest Zarafshon” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.







