Hindistonning Karnataka shtatida ommaviy ovqatdan zaharlanish hodisasi kuzatildi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Zaharlanish diniy tadbirdan so`ng ro`y bergan. Mazkur holat 11 kishining o`limiga olib keldi. Qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor. Shuningdek, 100 dan ortiq insonlar shifoxonaga olib kelindi. Ulardan 29 nafarining ahvoli og`irligi xabar qilinmoqda. Zaharlanishga guruchli taom sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Mazkur hodisa yuzasidan 2 kishi so`roq qilinmoqda. Shtat hukumati qurbonlarning oilalariga 500 ming rupiy tovon puli to`lashini ma`lum qilgan.






