AQShning Indiana shtatida katta yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA novosti nashri.
Savdo kompleksida kelib chiqqan alanga yuqori qavatda boshlangan va binoni qisqa fursatda deyarli egallab ulgurgan. Hodisa oqibatida qurbon bo`lganlar va jarohat olganlar to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`q. Alanganing kelib chiqish sabablari ham hozircha noma`lum. Binoga qo`shni bo`lgan boshqa inshootlardan xavfsizlik yuzasidan odamlar olib chiqilgan.






