Antarktidada yugurish bo`yicha xalqarro marafon bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Qishki marafonda dunyoning 15 ta mamlakatidan kelgan ko`ngilli erkaklar bilan birga ayollar ham ishtirok etishdi. Belgilangan marraga 3 soatu 49 daqiqada etib kelgan Polsha vakili erkaklar orasida birinchilikni qo`lga kiritgan bo`lsa, ayollar orasidagi bahslarda litvalik sportchi 5 soatu 3 daqiqada marraga etib kelgan. Ishtirokchilar muzli qit`aga kelganlari uchun ularga 15 ming evrodan pul to`lanadi.






