Shvesiya ma`muriy sudi mamlakatning ayrim hududlarida tilanchilarga pul berishni taqiqlovchi qarorni joriy qildi, deb habar qilmoqda M24.ru nashri.
- Bunday choralar tilanchilikning kamayishiga va jamoat tartibi saqlanishiga olib keladi, - deydi ma`muriy kengash raisi.
So`nggi vaqtlarda mamlakatning bir qator hududlarida ishsizlar hamda tilanchilar soni ortib bormoqda. Ularga pul berish esa bu ko`rsatgichni yana oshiradi. Shvesiyaga qo`shni Daniyada esa butun mamlakat bo`ylab tilanchilik taqiqlangan.






