AQShning Vashington shtatida kuchli tornado ro`y bedi, deya xabar qildi Eg.ru nashri.
Bu hududda kamdan-kam sodir bo`ladigan tabiiy ofat jiddiy talofatlarga olib keldi. Kuchli shamol ulkan daraxtlarni ag`dardi. Buning oqibatida esa bir nechta avtomobillar daraxtlar ostida qoldi. Yuzlab uylarning tom qismi ham ko`chib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar to`g`risida aniq xabarlar yo`q. Ayni vaqtda ko`rilgan umumiy zarar hisoblanmoqda.






