Xorvatiyaning Vodnyan shahrida joylashgan “Kajun” deb nomlanadigan kichik bino YuNESKOning noodatiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi, deya ma`lum qildi Vesti nashri.
U faqatgina g`ishtdan qurilgan bo`lib, g`ishtlar bir-biriga quruq yotqizilgani bilan o`ziga xosdir. Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, qizdirilgan g`ishtni yopishtirish qadimgi sivilizasiya kashfiyotidir. Uni shu kunga qadar bus-butun saqlanib kelinayotgani esa hayratlanarlidir. Avval bu joydan uy sifatida, keyinchalik esa daladagi cho`ponlarga vaqtinchalik boshpana sifatida foydalanilgan.






