Evroittifoqning etakchi organlari ekologiyani saqlashga qaratilgan kelishuv bo`yicha muhokama olib bordi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Unga ko`ra, har bir mamlakat o`z hududida bir martalik plastmassa mahsulotlarni taqiqlash bo`yicha qaror chiqarishi lozim. Okean va dengiz suvlari tobora plastik chiqindilarga to`lib bormoqda. Bir martalik idishlardan foydalanishni taqiqlash esa muammoga echim bo`lishiga umid qilinmoqda.






