Fransiya poytaxti Parijda jonivorlarni himoya qilishga bag`ishlangan yog`dular shousi tashkil etildi, deya ma`lum qildi Daily Mail nashri.
Shahar bo`ylab turli jonivorlarning maketlari yaratilgan bo`lib, ular rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Ularning aksariyati tobora kamayib borayotgan hayvonlardir. Tashkilotchilar buni odamlarga bayramona kayfiyat ulashish bilan birga, odamlar orasida hayvonot olamiga mehrni kuchaytirishga qaratilganini ham ta`kidlashmoqda.






