AsosiyHi-tech

Antares raketa tashuvchisi ko`tarilish paytida portlab ketdi

Virjiniya shtati Uollops orolidagi NASA kosmodromidan ko`tarilgan Antares raketa tashuvchisi Cygnus yuk kemasi bilan birga ko`tarilish paytida 28 oktyabr kuni portlab ketdi.

Raketaning ko`tarilishi NASA sayti orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatib turilgandi. Portlash startdan so`ng ro`y berdi. Raketa erdan biroz uzoqlashishga ulgurgan edi.

Kosmodromda ko`rilgan zarar va jabr ko`rganlar, shuningdek falokat sabablari haqida xabar berilgani yo`q, deb yozadi TASS.

Cygnus Xalqaro kosmik stansiyaga ikki tonnadan ko`proq yukni etkazib berishi kerak edi.

    Boshqa yangiliklar