AsosiyDunyo

Indoneziyadagi kuchli sunami 281 kishining hayotini olib ketdi

'Indoneziyadagi kuchli sunami 281 kishining hayotini olib ketdi  'ning rasmi

Yakshanbaga o`tar kechasi Yava va Sumatra orollari oralig`idagi Zond bo`g`ozida yuz bergan sunami oqibatida halok bo`lganlar soni 281 kishiga etdi, deb xabar bermoqda Straits Times.

Jarohatlanganlarning soni esa 1016 etdi, 57 kishi bedarak yo`qolgan. Rasmiylar bu raqamlar yaqin vaqt ichida ortib borishidan xavotirda.

Mahalliy vaqt bilan 21. 27 va 21.35 oralig`ida qirg`oqqa urilgan sunami sayyohlar orasida mashhur bo`lgan Pangdeglang qirg`oq hududiga jiddiy shikast etkazdi. Yuzlab uylarga to`lqin urilishi sababli ziyon etdi. O`nlab binolar butunlay vayronaga aylangan.

Rasmiylar tabiiy ofatning kelib chiqish sabablari o`rganilayotganini ma`lum qilishgan. Gap shundaki, odatda bu erda yirik sunamilar kuchli zilzilalardan keyin yuzaga kelar edi. Bu safar esa hududda zilzila qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar