Screen Rant portali 2018 yilning eng yaxshi dahshat filmlarini e`lon qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Ro`yxatda Ali Asterning “Reinkarnasiya” xorrori etakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o`rinda – “Sokin maskan”.
Uchinchi o`rin esa Luka Guadaninoning “Suspiriya”siga nasib etgan.
Bundan tashqari, “Arvohlar o`tmishi”, “Tirik qolgan qiz” ham ushbu ro`yxatdan o`rin olgan.






