AsosiyJamiyat

Mo`ynoqda "Baxt o`rindiq"lari paydo bo`ldi (foto)

'Mo`ynoqda "Baxt o`rindiq"lari paydo bo`ldi (foto)'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning turli hududlarida o`ziga xos ob`ektlar — "Soyabon bekat", "I love..." yozuvlari bunyod etilgan. Mo`ynoq tumanida esa kreativ ko`rinishdagi o`rindiqlar paydo bo`ldi. Bu haqda kruz.uz Qoraqalpog`iston yangiliklari xabar berdi.

O`rindiqlar uchta bo`lib, har biri o`ziga xos tarzda yaratilgan. Ularning birida milliy gilam, ikkinchisida Mo`ynoq va yana boshqasida "Baxt o`rindig`i" aks etgan.

Bu o`rindiqlar sayyohlarni o`ziga jalb etishi shubhasiz. Hozirda kunlar sovuq bo`lishiga qaramay, o`rindiqlar atrofi aholining sevimli maskaniga aylangan.

    Boshqa yangiliklar