AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududidan qimmatbaho skripkani olib chiqib ketayotgan chet el fuqarosi ushlandi

'O`zbekiston hududidan qimmatbaho skripkani olib chiqib ketayotgan chet el fuqarosi ushlandi'ning rasmi

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to`g`risida ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga muntazam tushuntirish va targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligiga qaramasdan, ayrim fuqarolar tomonidan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda chetga olib chiqishga bo`lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Jumladan, o`zining “Toyota Land Gruiser” rusumli avtomobilida “Daut-ata” bojxona posti orqali O`zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan chet el fuqarosi M.O. bojxona xodimlarining respublika hududidan olib chiqish ta`qiqlangan buyumlar bor yoki yo`qligi to`g`risidagi savollariga yolg`on javob berdi.

Ushbu shaxs yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ham ko`rsatmasdan turib, 2 dona skripkalarni hech qanday hujjatlarsiz olib chiqib ketmoqchi bo`lganida to`xtatib qolindi, deb xabar berdi DBQ matbuot xizmati.

Vaholanki, Qoraqalpog`iston Respublikasi badiiy ekspertiza bo`limining xulosasiga ko`ra, mazkur cholg`u asboblari o`tgan asrning boshlariga mansub bo`lib, tarixiy va madaniy ahamiyat kasb etar ekan. Ekspertlarning baholashicha, skripkalarning umumiy qiymati 40 mln. so`mni tashkil qiladi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta`kidlash joizki, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga binoan ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar