Avstraliyalik tadqiqotchilarning fikricha, global tabiiy ofatlar ham, epidemiyalar ham Er aholisi soni o`sishini to`xtatib qola olmaydi. Bu haqda PNAS ilmiy juraliga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ular sayyora aholisi soni o`sishi borasidagi so`nggi ma`lumotlarni tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelgan. Olimlarning so`zlariga ko`ra, 2100 yilga borib Er sharida taxminan 10,4 milliard kishi yashaydi.
Ayni vaqtda, global tabiiy ofatlar ham, ommaviy epidemiyalar ham, jahon urushlari ham bu o`sish sur`atini to`xtatib qola olmaydi. Shu munosabat bilan, olimlar tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan munosabatda bo`lishga va ulardan foydalanish bo`yicha yangi dasturlarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda.





