Namanganda ham Yangi yil bayrami ko`tarinki ruhda qarshi olinmoqda, deb yozmoqda O`zA.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`i, “Tinchlik” xiyoboni, shaharning markaziy ko`cha va maydonlarida bayram nafasi hukmron.
Tungi illyuminasiyalar, rang-barang chiroqlar shahar ko`rkiga ko`rk qo`shmoqda. Qorbobo va Qorqiz, ertak qahramonlari barchaga bayram kayfiyati ulashmoqda.














