AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda kam ta`minlangan oilalarga qish mavsumida moddiy yordam ko`rsatiladi

'Qoraqalpog`istonda kam ta`minlangan oilalarga qish mavsumida moddiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasida yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta`minlangan 50 ming oilaga ko`mir xarid qilish va ularga qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish tadbirlari uchun moddiy yordam tariqasida 400 ming so`mdan bir martalik to`lovlar ajratiladi.

Joriy yilning 15–16 noyabr kunlari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi natijalari bo`yicha mazkur hududdagi kam ta`minlangan oilalarni qish mavsumida yanada qo`llab-quvvatlash borasida bergan topshiriqlari asosida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Farmoyishga ko`ra, 2018 yil dekabr oyida Qoraqalpog`iston Respublikasida yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta`minlangan 50 ming oilaga ko`mir xarid qilish va ularga qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish tadbirlari uchun moddiy yordam tariqasida 400 ming so`mdan bir martalik to`lovlar ajratiladi.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun 20 milliard so`m mablag` yo`naltiriladi.

Ushbu mablag`lar birinchi navbatda ijtimoiy nafaqa oluvchilarga, yolg`iz pensionerlarga hamda Qo`ng`irot, Mo`ynoq, Taxtako`pir, Qorao`zak tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kam taminlangan oilalarga ajratilishi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar