Indoneziya sohillarida ro`y bergan sunami oqibatida halok bo`lganlar soni 370 nafarga etdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Shuningdek, 800 dan ortiq kishilar jarohat olgan. O`nlab odamlar esa bedarak yo`qolganlar ro`yxatida. Ularning soni ham borgan sari ortib bormoqda. Sunami yuzlab uylarni, mehmonxonalarni va boshqa turdagi binolarni butunlay vayron qildi.
Indoneziyada Yangi yil arafasida sayyohlar soni keskin ortadi. Tabiiy ofat vaqtida ham orolda ko`p sonli chet el fuqarolari bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, sunami Yava va Sumatra orollarini ajratib turuvchi Zond bo`g`ozida ro`y bergan.






