AsosiyDunyo

“Uralkaliya” shaxtasida halok bo`lganlar xotirasi munosabati bilan motam kuni e`lon qilindi

'“Uralkaliya” shaxtasida halok bo`lganlar xotirasi munosabati bilan motam kuni e`lon qilindi 'ning rasmi

Rossiyaning Solikamsk shahrida joylashgan “Uralkaliya” shaxtasida sodir bo`lgan yong`in oqibatida halok bo`lganlar xotirasi munosabati bilan motam kuni e`lon qilindi, deb xabar bermoqda TASS nashri.

Kaliy qazib oluvchi shaxtada ro`y began alanga 360 metr chuqurlikda kelib chiqqan. Hodisa vaqtida chuqurlikda 17 nafar konchi bo`lib, ularning 9 nafari qurbon bo`lgan. Ayni vaqtda ularning jasadi yuqoriga olib chiqildi. Falokatga qazib olish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Hozirda voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar