AsosiyDunyo

Parijdagi gazeta tahririyatiga hujum qilgan terrorchilardan biri qo`lga olindi

'Parijdagi gazeta tahririyatiga hujum qilgan terrorchilardan biri qo`lga olindi 'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parijda joylashgan “Sharli ebdo” gazetasi tahririyati binosida sodir etilgan hujumda ishtirok etgan terrorchilardan biri qo`lga olindi, deb xabar berdi Layf nashri.

Ushbu terrorchilik harakati 2015 yilda sodir etilgan bo`lib, 12 kishining o`limiga olib kelgan edi. Mudofa vazirining xabar berishicha, qo`lga olingan shaxs ushbu hujumni sodir etishda faol ishtirok etgan.

“Biz terrorizmga qarshi tinimsiz kurashmoqdamiz va buning natijasini ko`rib turibmiz” - deydi Mudofaa vaziri Florans Parli.

Jinoyatchining shaxsi haqida aniq ma`lumotlar berilmagan. Unga terrorchilik guruhlari tuzish va bir qator hujumlar sodir etish ayblovi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar