Somali poytaxti Mogadishoda 2 ta terakt sodir etildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Portlashlar Milliy teatr binosi yaqinida ro`y bergan. To`xtab turgan avtomobillarga portlovchi qurilmalar o`rnatilgan bo`lib, ular ketma-ket portlatib yuborilgan. Hodisa natijasida umumiy hisobda 13 kishi qurbon bo`lgan va yana 20 nafar inson jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Mazkur hujum uchun javobgarlikni Al-Shabab guruhi o`z zimmasiga olgan. Terrorchilarning maqsadi teatr yaqinidagi prezident saroyidagi nazorat nuqtasi bo`lgan.






