1

"Yil ayoli-2018" milliy tanlovining g`olibi aniqlandi (foto)

Jamiyat 25.12.2018, 10:14
Teglar: Foto
"Yil ayoli-2018" milliy tanlovining g`olibi aniqlandi (foto)

24 dekabr kuni Toshkent shahridagi InternationalHotel mehmonxonasida “Yil ayoli-2018” milliy tanlovi g`oliblarini aniqlash va ularni tantanali taqdirlashga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi. Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yil ayoli-2018” tanlovining hududiy bosqichlari joriy yilning 1-10 dekabr kunlari o`tkazilib, unda tuman va shaharlardan 800 nafar xotin-qiz ishtirok etgan. Muayyan bir sohada ko`p yillar samarali mehnat qilganligi, izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari inobatga olingan holda aniqlangan 10 nafardan, jami 140 nomzod Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan.

Tanlov O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o`rnini oshirish, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo`shib kelayotgan, har tomonlama namunali bo`lgan xotin-qizlarni aniqlash va rag`batlantirish, ularning ilg`or hayot va ish tajribasini ommalashtirish maqsadida 2017 yildan boshlab an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadi.



Tanlov yakunlariga ko`ra, Saida Beknazarova “Gran-pri” sohibasi bo`ldi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Audiovizual texnologiyalar kafedrasi dosenti, texnika fanlari doktori Saida Beknazarovaga mukofotni Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva topshirdi.

G`olibning 169 ta ilmiy ishi xorijiy davlatlar va mamlakatimiz nufuzli jurnallarda chop etilgan. U 9 ta darslik, o`quv qo`llanma, monografiyalar muallifi. Saida Beknazarova - axborotlarni qayta ishlash, uzatish jarayonlarda bir vaqtning o`zida uzluksiz matn, audio, videoma`lumotlarni yo`qotishlarsiz sifatli etkazib berishga qaratilgan 15 ta EHM dasturiy vositasiga O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnomalar muallifi, Nyuton medali sohibasi.

Birinchi o`ringa Xorazm viloyati Gurlan tumani Xalq ta`limi bo`limining ma`naviy-ahloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho``basi rahbari Feruza Safarova munosib deb topildi. Farg`ona viloyati ayollar va bolalar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Furqat asl liboslari” xususiy korxonasi rahbari Umidaxon Yo`ldosheva ikkinchi o`rinni egalladi. Samarqand viloyati Samarqand Davlat universiteti Ekologiya kafedrasi dosenti, fidoyi va malakali ustoz, O`zbekiston qushlarini muhofaza qilish jamiyati a`zosi Leylya Belyalova uchinchi o`rin sohibi bo`ldi.



Tanlovda, shuningdek, “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg`or tadbirkor ayoli”,“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O`z kasbining ustasi bo`lgan yil ayoli”,“Yilning eng kuchli ma`naviy-ma`rifiy targ`ibotchisi”, “Yilning eng fidoiy shifokor ayoli”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog`lom turmush tarzi tashkilotchisi”, “Yilning eng yangi g`oyalar tashabbuskori” nominasiyalari bo`yicha g`oliblar taqdirlandi.

Bundan tashqari, qo`mita tomonidan turli kasb egalarining kiyinish uslubi, ular o`rtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos kiyimlar andozasini muntazam targ`ib qilib borish, bu borada dizayner va modelerlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida o`tkazilgan “Nafosat-2018” ko`rik-tanlovi g`oliblari ham taqdirlandi.

“Ishbilarmon va etakchi ayol” timsoli, “Talaba qiz” timsoli, “Ijodkor ayol” timsoli, “Erkin mavzu”, “Yilning eng yaxshi yosh modeler-dizayneri”, “Eng yaxshi milliy yo`nalishdagi modeler-dizayner” nominasiyalari bo`yicha o`tkazilgan mazkur tanlovda jami 600 nafar dizayner xotin-qizlar bellashdi va 14 nafar Respublika g`olibi aniqlandi.





















Foto: Asqar Yoqubov

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1