AsosiyDunyo

Vertolyotning qulashi oqibatida Puebl shtatining yangi gubernatori halok bo`ldi

'Vertolyotning qulashi oqibatida Puebl shtatining yangi gubernatori halok bo`ldi'ning rasmi

Meksikada vertolyotning qulab tushishi oqibatida Puebl shtatining yangi gubernatori 45 yoshli Marta Erika Alonso halok bo`lgan, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Voqea 24 dekabr kuni Koronango hududida yuz bergan.

Nashr ma`lumotiga ko`ra, vertolyotda gubernator bilan birga uning turmush o`rtog`i va shtatning sobiq gubernatori Rafael Moreno Vale ham halok bo`lgan.

Marta Alonso 10 kun oldin ushbu vazifasiga kirishgan edi.

Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Alonso va Valening halokati munosabati bilan hamdardlik bildirib, hukumatga zudlik bilan halokat sabablarini o`rganishni topshirgan.

    Boshqa yangiliklar