AsosiyJamiyat

Toshkentda tug`ilgan 3 egizak otasiga Prezident sovg`asi — Cobalt topshirildi

'Toshkentda tug`ilgan 3 egizak otasiga Prezident sovg`asi — Cobalt topshirildi'ning rasmi

Joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkentda Ruslan Qoryog`diev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o`g`il farzand dunyoga keldi.

Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`ydi.

Uch egizak ota-onasiga Prezident sovg`asi – Cobalt avtomashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Shuningdek, oilaga Prezident sovg`asi sifatida kolyaska va turli sovg`a salomlar etkazildi.

    Boshqa yangiliklar