Afg`oniston poytaxti Qobulda terrorchilik hujumi sodir etildi, deb xabar bermoqda Vesti nashri.
Jinoyatchilar hukumat binosi oldida portlovchi qurilma o`rnatilgan avtomobilni portlatib yuborishgan. Shundan so`ng binoga hujum qilingan. Jinoyatchilar imkoniyati cheklangan odamlarni garovga olishgan. Bir necha soat davom etgan qutqaruv operasiyasidan so`ng 350 nafar odam qutqarib olindi. Voqea oqibatida esa kamida 28 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Qurbonlarning ko`pchiligi davlat xizmatchilaridir.






