Evropa Ittifoqi Efiopiyaning janubi-sharqiy qismidagi migrantlar lagerida kun kechirayotgan odamlarga yordam ko`rsatishini ma`lum qildi, deb xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Ayni vaqtda bu erda 80 ming kishi og`ir sharoitlarda yashaydi. Har kuni yangi oilalarning ko`chib kelishi esa vaziyatni yanada og`irlashtirmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Efiopiyada 8 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda.
Efiopiya hukumati inqirozga qarshi Evroittifoq bilan hamkorlik qiladi.





