Hukumat qarori bilan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo`yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi bo`yicha davlat organlari tomonidan olib borilayotgan faoliyatni muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.






