Prezident qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan jamoatchilik xavfsizligini ta`minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta`minlash uchun hududlar quyidagicha biriktiriladi:
- Bosh prokurorga – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;
- Milliy gvardiya qo`mondoniga – Andijon, Namangan, Toshkent va Farg`ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;
- Ichki ishlar vaziriga – Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.
Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida quyidagicha amaliyot bosqichma-bosqich joriy etiladi:
- prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformasion xaritalari tuziladi va tizimli yuritiladi;
- xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularning oldini olish bo`yicha o`z strategiyalarini ishlab chiqadi.






