AsosiyJamiyat

MTRK, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol TV kabi kanallar vaqtinchalik efirga uzatilmaydi

'MTRK, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol TV kabi kanallar vaqtinchalik efirga uzatilmaydi'ning rasmi

Bugun, 26 dekabr kuni O`zbekistonning bir qator davlat xususiy kanallarini efirga uzatish vaqtinchalik to`xtatib turiladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ma`lum qildi.

Manbaning ma`lum qilishicha, bunga Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo`ladi.

"26 dekabr kuni soat 9:00 dan 14:00 gacha Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari o`tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi dasturlari 26 va 38 televizion kanallarda tarqatiladi, “UZDIGITAL TV” MCHJ, Uz Report, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol-TV dasturlarini tarqatishda tanaffus bo`ladi", - deyiladi vazirlik bayonotida.

    Boshqa yangiliklar