AsosiyJamiyat

Andijon markazida 600 ga yaqin Qorbobo yig`ildi (foto)

'Andijon markazida 600 ga yaqin Qorbobo yig`ildi (foto)'ning rasmi

Yangi yil bayramini ko`tarinki ruhda qarshi olish va munosib nishonlash maqsadida andijonlik yoshlar tashabbusi bilan «Yangi yilga 1000 ta Qorbobo» loyihasi tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijon shahridagi Xotira xiyoboni atrofiga 600 nafarga yaqin Qorbobo yig`ildi va bir hafta mobaynida amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha ma`lumot berildi.

Loyiha asosida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchilari, kengash faollari tomonidan 1000 ta qorbobo kiyimlari tayyorlandi. 31 dekabr kuniga qadar 12 yoshgacha bo`lgan bolalarga bayram shukuhini ulashish uchun har bir mahallada, ko`chalar, ko`p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bayram tadbirlarini tashkil etish, imkoniyati cheklangan o`g`il-qizlar, kam ta`minlangan oilalar farzandlarining ko`nglini olish, ularga homiylarning bayram sovg`alarini etkazib berish rejalashtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar