AsosiyJamiyat

Samarqanddagi har to`rtinchi mahallada jinoyat sodir etilishi ko`paygan

'Samarqanddagi har to`rtinchi mahallada jinoyat sodir etilishi ko`paygan'ning rasmi

Samarqand viloyatida umumiy jinoyatchilik va jinoyat-qidiruv sohasidagi jinoyatlar oshmagan bo`lsa-da, biroq tumanlar kesimida, ayniqsa, ayrim mahallalarda huquqbuzarliklar soni ortgan. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Jumladan, viloyatdagi 1087 ta mahallaning 838 tasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo`l qo`yilib, ularning deyarli har to`rtinchisida jinoyatlar ko`paygan.

Bunga hududlardagi kriminogen vaziyat va jinoyatlar dinamikasi to`liq tahlil qilinmagani, etarli malaka, ish staji va tajribaga ega bo`lmagan profilaktika inspektorlarining tayinlanishi hamda kuch va vositalarning to`g`ri taqsimlanmaganligi omil bo`layotgani qayd etildi.

Samarqand viloyatidagi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining 7 nafar xodimi, ya`ni 5 nafar mahalla raisi, 2 nafar mas`ul kotib tomonidan jinoyatlar sodir etilgani hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining qo`shma yig`ilishida afsus bilan tilga olindi.

Tadbir Samarqand viloyati tumanlari bilan bog`langan holda videokonferensiya tarzida o`tkazildi. Yig`ilishda Respublika komissiyasi raisi, Oliy Majlis Senati raisi Nig`matilla Yo`ldoshev ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar