AsosiyJamiyat

O`zbekistonda profilaktika inspektorining yordamchisi lavozimi joriy etildi

'O`zbekistonda profilaktika inspektorining yordamchisi lavozimi joriy etildi'ning rasmi

O`zbekistonda Prezident qarori bilan hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag`batlantirish jamg`armalari tashkil etildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`linmalari tomonidan ma`muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo`yicha undirilgan jarima mablag`lari Jamoat xavfsizligini rag`batlantirish jamg`armalarini shakllantirish manbalaridan biri etib belgilandi.

Jamg`arma mablag`lari quyidagilar uchun sarflanadi:

Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari o`z vaqtida ko`rilgan hollarda fuqarolar yig`inlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasining alohida o`rnak ko`rsatgan a`zolarini moddiy rag`batlantirish;

Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam ko`rsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash, qimmatbaho sovg`alar bilan mukofotlash va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash.

    Boshqa yangiliklar