Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug`bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich, Mirzo Ulug`bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ergashev Shavkatbek Turdievich, Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Po`latov Shuhrat Abdujabborovich hokim etib tayinlanishdi.







