Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 25 dekabr kuni Islom Karimov ko`chasida joylashgan 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasining 2-qavatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in shifokorlar tomonidan o`chirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko`rgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.
Surishtiruv ishlari natijasida yong`in elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo`yilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.






