AsosiyJamiyat

Yana bir avtosalonda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgani aniqlandi

'Yana bir avtosalonda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgani aniqlandi'ning rasmi

"GM Uzbekistan" AJ "Farg`ona Avtomarkaz" dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, dilerlik korxonalarining 9 oylik yakunlarini o`rganish davomida "Farg`ona Avtomarkaz" MChJda tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.

"Monitoring o`tkazishdan asosiy maqsad 2018 yil boshidan "GM Uzbekistan" kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan dilerlik korxona faoliyatiga doir 100 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo`pol muomala hamda korrupsion harakatlari bilan bog`liq.

Shuningdek, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta`minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ish tashkil qilinmagan. Xodimlarning malakasizligi mijozlar bilan muloqotda belgilangan savdo tartibiga mos kelmagan", - deyilgan xabarda.

Natijada "Farg`ona Avtomarkaz" dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Erkin Ikramov zimmasiga yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar