Shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterberg shahrida shaxmatning blis va rapid yo`nalishlari bo`yicha jahon chempionati o`tkazilmoqda. Unda o`zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari ham ishtirok etishmoqda.
Bellashuvlarda qatnashayotgan 16 yoshli hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov bugun olamshumul sensasiya qayd etdi. Rapid yo`nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida hamyurtimiz amaldagi jahon chempioni, grossmeyster, norvegiyalik Magnus Karlsenni mag`lubiyatga uchratdi.
Bahslarda ishtirok etayotgan boshqa sportchilarimizdan Nodirbek Yoqubboev rossiyalik Stanislav Novikov bilan o`yinda durangga erishgan bo`lsa, Nodirbek Abdusattorov ispaniyalik Lopes Ivan Salgadoga imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Eslatib o`tamiz, har uchchala shaxmatchimiz 24 noyabr – 2 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o`smirlar o`rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida g`olib bo`lgandilar va shu munosabat bilan Prezident sovg`asi – «Spark» avtomobillari bilan taqdirlangandilar.






