AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir jamg`arma tashkil etiladi

'O`zbekistonda yana bir jamg`arma tashkil etiladi'ning rasmi

Jamg`arma mablag`lari marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy rag`batlantirishga maqsadli yo`naltiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Noruda foydali qazilmalarni o`z ichiga olgan er qa`ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasining yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.

Jamg`arma mablag`lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

  • er qa`ridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;
  • er qa`ri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo`yicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
  • Jamg`armaning vaqtincha bo`sh mablag`larini joylashtirishdan olinadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Jamg`arma mablag`lari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qazib olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hajmini aniqlash uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy rag`batlantirishga maqsadli yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar