"Noruda foydali qazilmalarni o`z ichiga olgan er qa`ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qarorda qad etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bog`lovchi temir yo`l tarmog`ini qurish masalasini har tomonlama o`rganib chiqiladi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga mazkur masala bo`yicha asoslantirilgan takliflar kiritiladi.






