Bugun erta tongda Samarqand xalqaro aeroportiga Prezident sovg`asi ortilgan samolyot kelib qo`ndi, deb xabar berdi O`zA.
Yangi yil bayrami munosabati bilan bu yil Samarqand viloyatidagi 1024 nafar Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar va SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga hamda yurtimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta`minlash yo`lida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga Prezident sovg`alari beriladi.

Sovg`alar ortilgan samolyot karnay-surnay sadolari ostida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi. Ushbu sovg`alar 29 dekabr kuni viloyat tuman va shaharlarda o`tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlari chog`ida bolajonlarga tantanali topshiriladi.






