AsosiyJamiyat

Soliq xodimlari korxona va tashkilotlarda umumbelgilangan soliq to`lovi tizimi haqida davra suhbatlari o`tkazmoqda

'Soliq xodimlari korxona va tashkilotlarda umumbelgilangan soliq to`lovi tizimi haqida davra suhbatlari o`tkazmoqda'ning rasmi

Yangi, 2019 yildan soliq siyosatida qanday o`zgarishlar bo`ladi? Tadbirkorlik sub`ektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar nimalardan iborat?

“Tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida”gi Qonun – tadbirkorlar huquqlarining kafolati”. Andijon viloyati prokuraturasi hamda davlat soliq boshqarmasi hamkorligidaqizg`in faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda ushbu mavzuda ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Dastlab Andijon shahridagi “Lemon international” xorijiy korxonasidagi davra suhbati keyinchalik Xo`jaobod tumanida joylashgan “Nil-Granit” jamiyatida davom ettirildi.

Uchrashuvdaviloyat prokuraturasi xodimlari Qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad, tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar taqdim etish, ularning huquq va manfaatlarini himoyasini yanada kuchaytirish ekanligini ta`kidlashdi. Darhaqiqat, jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan ushbu qonun loyihasida tadbirkorlar uchun bir qator yangiliklar mavjud. Xususan, qisqa muddatli, rejali hamda nazorat va kompleks tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlarning qonunbuzarliklarni sodir etish xatari darajasidan kelib chiqqan holda ularnitekshirishni ko`zda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi joriy etilayotgani haqida ham ma`lumotlar berildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 29 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, hisobot yil yakunlariga ko`ra, 1 milliard so`m mahsulot aylanmasiga ega bo`lgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan barcha xo`jalik sub`ektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to`loviga o`tadi.

Yangi to`lov tizimining tadbirkorlar uchun qanday foydali jihatlari bor? Uchrashuvlarni majlis emas, ochiq muloqot tarzida o`tkazilishidan maqsad ham shu: ularni o`ylantirayotgan savollariga yuzma-yuz muloqot jarayonida javob berish, konsepsiyadan ko`zlangan buyuk maqsadni tushuntirish. Qolaversa,bunday uchrashuvlaryirik korxonalarning qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi sifatida o`tilishining mezonlari va tartibi, ular tomonidan foyda solig`ini hisoblashda tayyor mahsulot hamda tovar qoldig`ini baholanishi va buxgalteriya hisobida aks ettirilishini sodda tarzda tushuntirish imkoniyatini oshirdi.

- Soliq xodimlarining o`zlari korxonalarga kelib, umumbelgilangan soliq to`lovi haqida batafsil ma`lumot berishayotgani, biz uchun ayni muddao bo`ldi, - deydi “Barchinoy” xususiy korxonasi hisobchisi Gulchehra Ma`mirova. – Necha yillardan buyon shu kasbda mehnat qilayotgan bo`lsamda, lekin yangi tizim haqida bilimim ham, tajribam ham kam edi. Uchrashuvda bir nechta savollarimga to`liq javob oldim. Bilmaganlarimni o`rgandim. Korxonamiz 2019 yildanumumbelgilangan soliq to`lovi tizimiga o`tishini hisobga olsak, endiushbu tizimda bemalol hisob-kitob yurita olaman.

2019 yilda qonunchilikda ham, soliq sohasida ham yaratilayotgan keng imkoniyatlar tadbirkorlarni yangi yilda har qachongidan ko`ra, rejani katta tuzib, tashabbusni ko`proq ko`rsatishiga undashi,shubhasiz.

Dilmurod PARPIEV,

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi

jamoatchilik bilan aloqalar va

huquqiy axborot sho``basi katta inspektori

    Boshqa yangiliklar