Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Musaev Behzod Anvarovich Davlat soliq qo`mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi ma`lum qildi.
"Behzod Musaev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni ko`zlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.Musaev rahbarligida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq to`lovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yo`lidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda", - deyiladi qo`mita xabarida.






