Toshkent shahrida to`rt kun avval yo`qolib qolgan Mirislom Mirakbarov qidirilmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
2001 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Mirislom Mirakbarov 2018 yilning 23 dekabr kuni yo`qolgan.
Uning bo`yi 160 santimetr, vazni 60 kilogramm.
Mirislomni oxirgi marta Oloy bozori shohbekatida ko`rishgan. O`sha paytda uning egnida qora kurtka, jigarrang drap shim, oyog`ida qora krossovka bo`lgan.
Uni ko`rgan-bilganlar bo`lsa quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berish so`raladi:
95 145 56 40
91 191 05 72






