AsosiyDunyo

Yangi Zelandiyada bayroqni almashtirish bo`yicha referendum o`tkaziladi

Yangi Zelandiya bosh vazirligiga uchinchi marta yaqinda saylangan Jon Key ikki yildan keyin davlat bayrog`ini almashtirish bo`yicha referendum o`tkazilishi rejalashtirilayotganligini e`lon qildi. Hozirgi bayroq, uning fikricha, respublikaning Buyuk Britaniya qaramliligini bildiradi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

“O`ylaymanki, hozir Yangi Zelandiya aholisi uchun zamonaviy, mustaqil davlatni aks ettiruvchi yangi bayroqni tanlash uchun ayni vaqti, - deydi Key.

BBC Newsning ta`kidlashicha, mamlakatning ko`plab aholisiga bu bayroq yoqmaydi, chunki jahonda uni Avstraliya bayrog`i bilan almashtirib yuborishmoqda.

Referendum ikki bosqichda bo`lib o`tadi. Birinchisi, kelgusi yilning oxirida o`tkaziladi. Unda yangi zelandiyaliklar yangi bayroq dizaynini tanlashadi. Ikkinchisi esa 2016 yilda o`tkazilib, unda ishtirokchilar eski bayroq qolishi yoki yangisini tanlash bo`yicha bir qarorga kelishadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar