Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hovlisidagi olma daraxtlari Yangi yil bayrami arafasida meva soldi. Bu haqda madaniyat arbobi Tursunali Qo`ziev Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.
Mahalla oqsoqollari avval bunday tabiat hodisasini kuzatilmaganini qayd etishdi.
"Ehtimol tabiat global muammolar davrida, sovg`alar olib kelishni boshlagan", - deb yozgan Tursunali Qo`ziev.