Global Underwater Explorers dayverlari O`rtaer dengizidan eramizdan avvalgi 2018-201 yillarda Rim va Karfagen o`rtasida bo`lib o`tgan jang paytida cho`kib ketgan kema qoldiqlarini topishdi.
Topilma Iatliyaning Panareya oroli yaqinidan 125 metr chuqurlikdan italiyalik arxeologlar murojaatiga ko`ra suvga sho`ng`igan g`avvoslar tomonidan topildi. Ushbu kema 2010 yili amerikaliklar tomonidan gidrolokator yordamida aniqlangan edi. Italiyaliklar esa bu kemaning nima sababdan cho`kkanligini aniqlashga urinishgan.
Dayverning so`zlariga ko`ra, garchi oradan 2000 yil o`tgan bo`lsa ham kema yaxshi saqlanib qolgan.





