AsosiyJamiyat

YPX xodimlarining faoliyati baholab boriladi

'YPX xodimlarining faoliyati baholab boriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining yo`l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, yo`l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati endilikda har chorakda baholab boriladi.

Har chorak ishlarni baholash yakunlariga ko`ra, faoliyati qoniqarsiz dep topilgan YPX xodimlariga nisbatan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda pul ushlab qolinadi. Pul ushlab qolish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi.

Baholash yakunlariga ko`ra, faoliyati samarali deb topilgan YPX xodimlari esa lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bir martalik pul ushlanishini va mukofotni qo`llash to`g`risidagi qarorlar 5 nafar a`zodan iborat maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

YPX xodimiga nisbatan ketma-ket to`rt chorakda ham pul ushlanishi tarzidagi chora qo`llanilsa, uning faoliyatidagi kamchiliklar to`g`risidagi masala komissiya majlislarida va ichki ishlar organlarining intizomiy kengashida muhokama qilinadi.

Quyida DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidagi iqtisodiy ta`sir chorasini qo`llash mezonlari keltirilgan:


    Boshqa yangiliklar